
Qirg‘izistonda endi qiz o‘g‘risi o‘n yilgacha qamalishi mumkin
Qirg‘izistonda qiz o‘g‘irlash uchun jazo choralarini yanada kuchaytirishdi. Endi qiz o‘g‘rilari 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu haqida «Dunyo ayollar banki» nohukumat huquqni himoya qilish tashkiloti yetakchisi Gulsan Abitova xabar berib o‘tgan.