Surxondaryoda aniqlangan yuzdan ortiq konlarda 3,2 milliard dollarlik loyihalar ish boshlaydi
Yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga so‘nggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan.

