Alifboga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha Senatga yuborildi
Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinishi ko‘zda tutiladi.
Parlamentda Chikago konvensiyasi bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xalqaro aviatsiya sohasiga oid qonunni ma’qulladi. Bu qaror O‘zbekistonning global aviatsiya tizimidagi ishtiroki uchun muhim ahamiyatga ega.
Faxriylar maqomi va imtiyozlarini belgilaydigan qonun loyihasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Deputatlar temir yo‘l sohasidagi kamchiliklar haqida gapirdi
Oliy Majlisda temir yo‘l sohasidagi muammolar ko‘tarildi. Deputatlar yo‘lovchi va yuk tashish imkoniyatlari talabga mos emasligini ta’kidladi.
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘limi paydo bo‘ladi
Parlament Quyi palatasi deputatlar korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi.
Eksport qilishda ba’zi cheklovlar olib tashlanadi
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
6 oyda davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetdi – Jamshid Qo‘chqorov
Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Hukumatning «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini joriy yil 1-yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.
Ayrim toifa xotin-qizlar davlat tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga olinishi mumkin
Parlament Quyi palatasida deputatlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Quyi palataning budjet ijrosini nazorat qilishiga doir qator takliflar bildirildi
Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, Davlat budjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi.
O‘tgan davrda xalqimizning siyosiy tafakkuri o‘zgardi, siyosiy madaniyati yuksaldi – Shavkat Mirziyoyev
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda.
Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadi.
Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi
Toshkent shahrida yangi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi boshlandi. Majlisni tartibga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizomxo‘jayev ochib berdi.
Senat va Qonunchilik palatasining birinchi majlisi o‘tkaziladi
Unda rais va o‘rinbosarlar saylanadi, bosh vazir nomzodi taqdim etiladi.
Parlament Quyi palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmish dekriminalizatsiya qilinyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
So‘nggi olti yilda o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaydi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov deputatlarga «O‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati to‘g‘risida»gi axborotini o‘qib eshittirdi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qariyb 45 mlrd dollarga yetgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2023 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdi.
Ayrim masalalarda fuqarolar qonunchilik taklifini bildira olmaydilar – loyiha
Parlament Quyi palatasi ayrim qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish haqidagi hujjat loyihasini e’lon qildi.
100 ming kishidan kam bo‘lmagan jamoaga qonunchilikka taklif kiritish huquqi beriladi
100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilmoqda.
Senatorlar safi 35 nafarga qisqartiriladi – loyiha
Senatning vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda. Bu borada Parlamentga «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritilgan.

