
Oliyhimmat ritsar, mukofot, judolik va alamlar iskanjasi
Rabindranat Tagor – mashhur hind yozuvchisi, shoir, bastakor, musavvir, jamoat arbobi. Uning ijodiy faoliyati Bengaliya adabiyoti va musiqasini o‘zaro uyg‘unlashtirgan. Tagor yevropalik bo‘lmaganlar orasida birinchi bo‘lib adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Uning asarlari asosida filmlar ham suratga olingan. Jumladan, o‘zbek kinoustalari tomonidan «Halokat» romani asosida to‘la metrajli badiiy film ishlangan.