Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhratbek Samo: tomoshabin haqiqiy hayotiy film kutmoqda!

18/09, 16:05

Kino shaxs o‘zini va boshqalarni o‘rganishi, voqealardagi xatolardan saboq, yutuqlardan ibrat olishida katta ahamiyatga ega. Faqat tomoshabin kinodan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerak. Afsuski, fikrimcha hozir insonni mushohada qilishga, ibratli xulosa chiqarishga undovchi milliy filmlar deyarli yo‘q. Borlari ham ko‘pchilikka manzur emas. Sababi, aksariyat tomoshabinlarning didi yengil-yelpi, oldi-ochdi, «xontaxta» filmlarga moslashib bo‘ldi.