Qo‘rquv, umid, iltijo
COVID... Kim uchundir kasallik, kimlar uchundir protokol. Ko‘pchilikka vahima, yo‘qotilgan halovat, o‘lim, ayriliq; ba’zilar uchun esa eng katta yolg‘on, ortidan mo‘may daromad. Ayrimlarga tavba-tazarru; kimlargadir dam olish, ijod, imkon.
«Grin kard» so‘nggi umidi bo‘lgan xalqim...
Odamlar nega o‘ynashadi buni? Sababi oddiy, insonlar hamisha ertangi kunga umid bilan, nimanidur kutib yashaydi. Hayotimizning ma’nosi ham shunda. «Grin kard» o‘ynab qo‘yib Rossiyaga ketadi, qor kurayotganida xayoliga Floridada, Mayami Bichda Toni Montanani ko‘ylagidan kiyib olib, kabrioletda yurgani keladi. Bu unga umid beradi.