Hazorasplik ota farzandiga aliment o‘rniga yashab turgan uyini hadya qildi
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Hazorasp tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Xorazmda avtobus uchun to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Elektron to‘lovga o‘tish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 1 iyuldan boshlab yettita yo‘nalishdagi avtobuslar va bitta yo‘nalishdagi trolleybusni qamrab oladi.
Xivada Xitoy universiteti filiali ochilishi mumkin
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Xorazm viloyatining Xiva shahrida Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Alisher Masharipov Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi
Avvalgi hokim Hazorasp tumaniga o‘tkazildi.
Ruslan Jumaniyozov Hazorasp tumani hokimi etib tayinlandi
U bunga qadar Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Xorazmda «hojatbaror» MIB xodimi qo‘lga olindi
U yer va mol-mulk soliqlarini bartaraf qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan.
Ziroat Mirziyoyeva: «Sizlar tabiatning haqiqiy himoyachilarisiz»
Xivada Eco-schools Uzbekistan loyihasining asosiy ramzi bo‘lgan Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.
Oddiy trening emas: «Media haftalik» nega muhim?
Bosma va internet jurnalistikasida kontent muammolarini tahlil qilishdan boshlab, tahliliy reportaj tayyorlashgacha bo‘lgan jarayon bir tizim sifatida ko‘rilyapti.
Telegram orqali 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni o‘g‘irlagan guruh ushlandi
Xorazmda fuqarolar akkauntlarini buzib, katta miqdorda pul o‘g‘irlagan guruh aniqlandi.
Prezident yig‘ilishida Xorazm viloyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi
So‘nggi yillarda viloyatda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali ko‘plab sohalarda ijobiy natijalarga erishildi. Biroq erishilgan ko‘rsatkichlar hudud salohiyatiga to‘liq mos emas.
Ikki hududda gaz iste’moli uchun ijtimoiy me’yor muddati uzaytirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15 martga qadar uzaytirildi.
O‘zbekistondagi ilk pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
«O‘zbekiston 24» telekanalida qayd etilishicha, qiymati 120 mln dollarlik loyiha doirasida 35 km uzunlikdagi zamonaviy yo‘l, ko‘prik va tunnellardan iborat yirik infratuzilma barpo etiladi.
Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Alisher Duschanov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
U avval viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
DXX o‘zlaridan «ko‘cha» yasab olgan guruhni ushladi
Denovlik shaxs esa Tojikiston fuqarosini tutqinlikda ushlab turgan.
Xorazmda uch nafar ko‘chabezorisi qo‘lga olindi
Xorazm viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati hamda DXX viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Xorazm viloyati hududida yashirin va uyushgan jinoyatchilikka moyil, o‘z atrofida qonunsiz, «ko‘cha» muhitini shakllantirib, fuqarolarni qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali nazoratda ushlashga urinib kelgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
Xorazmda ilk bor jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Xorazm viloyatida ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi.
Xorazmda 2,4 mlrd dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan – Prezident
Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan Prezident Mirziyoyevga axborot berildi.
Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmda mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi deb topildi
Mobiuz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi deb tan olindi. Bu haqda «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK mustaqil radiomonitoring natijalariga ko‘ra xabar berdi.
Samarqand, Buxoro va Xorazmda dollar bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi
G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro F.K.dan 3 500 AQSh dollarini 44,3 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

