Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-iyul dostoni. Turkiya voqealariga guvoh yozuvchi xotiralaridan

17/07/2018

2016 yilning 15-16 iyul kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan xoinona davlat to‘ntarishiga urinishning zudlik bilan bartaraf etilgani, xalq hurriyatining zafar qozongani o‘sha kuniyoq butun dunyoga ma’lum bo‘lgan edi. Men o‘sha kunning dahshatlarini hamda xalq irodasining qanchalar kuchli ekanini, dengizday ko‘pirib chayqalib turgan kishilarning o‘z davlati bilan qanchalar jips ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim uchun u xotiralarni o‘rtoqlashishga jazm qildim.