«Kommersant»: Rossiya AQSh bilan Zaporoje AES ustidan qo‘shma nazorat masalasini muhokama qilyapti
Rossiya va AQSh Ukraina ishtirokisiz, Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporoje atom elektr stansiyasini qo‘shma boshqarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda manbasini oshkor etmagan holda «Kommersant» nashri xabar berdi.
Zaporoje AES Rossiyaning yadroviy ob’yekti hisoblanadi – Kreml
Ukraina Oliy Radasining energetik xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Viktoriya Grib Ukraina Zaporoje AES ustidan nazoratni qayta tiklashni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan va bunda Rossiya mazkur qadamga qanday shartlar asosida rozi bo‘lishini taxmin qilolmasligini aytgan edi.
Putin Zaporoje AESni Rossiya nazorati ostiga o‘tkazish haqidagi hujjatni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Zaporoje AESni Rossiya nazorati ostiga o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

