Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda endi chumchuqlarga ko‘zingiz tushmaydi

Poytaxtda endi chumchuqlarga ko‘zingiz tushmaydi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi doktorant E. Abdulahatov o‘z kuzatuvlari bilan tanilgan. Galdagisi nega Toshkentda chumchuqlar ko‘rinmay qolgani va buning sabablari haqida. Qiziq kuzatuv.

«Iqlim o‘zgarishi, o‘zgarish fonida turli bioturlar, xususan fauna olamida qushlar va hayvonlarning populyasiya va migratsiyasida ham o‘zgarishlarni olib keladi. Bu tabiat qonuni.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, poytaxt ko‘chalari va daraxt shoxlarida allaqachon chumchuqlarga ko‘zingiz tushmaydi. Ha, chumchuqlar poytaxtda yo‘q bo‘lib qoldi. Ammo bu qushlar shaharda iqlim o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lmadi. Ularning yashash makonlari o‘rnini baland-baland noqulay binolar egallagani, shovqin shahar va in qurish uchun daraxtlarni yo‘q qilganimiz uchun shaharni tark etishdi.

2007-yilgi Nobel mukofoti laureati korealik Raye Kvon Chung Toshkentda bo‘lib, shahar havosi nafas olish uchun yaroqsiz ekanidan noligan.

Ha, chetdan kelgan sayyoh birinchi navbatda shaharning noqulay havosiga duch kelyapti. Qandaydir, diskomfort havo.

Uzoq davom etgan yomg‘irdan so‘ng bir muddat havosi tozalangan shahar havosi yana quyosh chiqqandan so‘ng ifloslana boshladi. Bugun erta tong ham shahar havosida mayda dispers zarrachalar ortib, ifloslanish darajasi bo‘yicha qizil darajaga yaqinlashdi. Biz hech qachon bloklay olmayotgan AQI platformasi shu ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi.

Yuqori ehtimol, shahar havosining ifloslanishidan shahar hokimi ham xavotirda. Chunki, yashil iqtisodiyot tamoyillarisiz barpo etilgan poytaxtga biznesni tikuvchi investorlar kirib kelishi ham kamayadi. Chet ellik investorlar shahar havosi bu kabi tez-tez ifloslanadigan joylarda o‘z biznesini tikmaydi.

Rekratsiya yo‘nalishida tashrif buyurgan sayyohlar esa Toshkent xalqaro aeroportiga tushishi bilan tezroq poytaxtdan tashqariga chiqib ketishni rejalashtiradi. Chunki, turistlar uchun poytaxtda qiziqarli hech narsa yo‘q. Na tarixiy ob’yektlar va na yashillilikka burkangan maskanlar...

O‘rtoq, hokim! Balki yana xatolarni qaytarmaslik, shuncha xarajatlarni oqlashi uchun birlasharsiz. Chumchuqlarni shaharga qaytararmiz...», degan kuzatuvchi.

Ortiqcha izoh, qo‘shimcha shart emas. Beixtiyor «Toshkentning donini yegan chumchuq Makkadan qaytib keladi», degan eski naql esga tushdi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring