Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahva qon bosimini oshiradimi?

Qahva qon bosimini oshiradimi?

Foto: GMVozd / Getty Images

Qahva insonda gipertoniya (qon bosimi) bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar arterial bosimni vaqtincha oshiradi, deb yozmoqda Verywell Health.

Biroq organizm kofeinni qanchalik ko‘tara olishi bu yerda muhim. Odatda o‘smirlar, qahva yoki kofeinli ichimliklarni ichishga odatlanmaganlar kofe ichganida qon bosimi ko‘tariladi.

Kofein — miya va nerv tizimi faolligini oshiruvchi stimulyator. Bu effekt ichimlikni ichgandan so‘ng oradan 30 daqiqa – ikki soat o‘tib paydo bo‘ladi.

Qahvani ichgandan so‘ng u qonga o‘tadi. So‘ngra turli gormonlar, miya retseptorlari va neyrotransmitterlar bilan o‘zaro ta’sirga kiradi. Oqibatda arteriya va vena tomirlari torayib, qon bosimi oshadi.

Bundan tashqari, kofein organizmning «ur yoki yugur» reaksiyasini faollashtiradi. Bu paytda yurak qisqarishlari sur’ati oshib, qon bosimi oshadi.

Ikki-uch chashka kofe sistolik arterial bosim (arterial bosimning yuqori ko‘rsatkichi)ni 3−14 mm simob ustunigacha, diastolik bosim (quyi ko‘rsatkich)ni esa 4−13 mm simob ustuniga oshiradi. Masalan, sizning qon bosimingiz odatda 120/80 bo‘lsa, qahva ichish uni 134/93 gacha oshirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring