Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prezident sovg‘asi» beriladigan sana ma’lum bo‘ldi

«Prezident sovg‘asi» beriladigan sana ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilda ham odatdagidek 1-sinf o‘quvchilari uchun «Prezident sovg‘asi» topshiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligiga tayanib O‘zA ma’lum qildi.

Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni 14-sentyabr etib belgilandi. Maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o‘quvchiga «Prezident sovg‘asi» topshirilishi rejalashtirilgan.

1-sinf o‘quvchilariga beriladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibidan 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich o‘rin olgan.

«Prezident sovg‘asi» o‘qishning an’anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat’i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi. Bunda sovg‘a masofaviy o‘qishni tanlagan 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring