13 yoshida dars berayotgan o‘quvchi vazir bilan uchrashdi
7-sinfdanoq o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berayotgan iqtidorli maktab o‘quvchisi vazir bilan uchrashdi.
Izzatbek Yusupov Farg‘ona viloyati, Furqat tumanidagi 13-maktabining 7-sinfi o‘quvchisi. Til o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lganligi bois u rus va ingliz tillarini mukammal biladi. U viloyat va respublika bosqichidagi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Izzatbek darsdan keyin bo‘sh vaqtida onasi bilan ingliz tilida suhbatlashadi, birgalikda dars tayyorlaydi. Olgan bilimlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kichik dars mashg‘ulotlari tashkil etib, o‘rgatadi.
Til o‘rganish va o‘rgatishdan bo‘sh vaqtlarida iqtidorli o‘quvchi she’r va hikoyalar ham yozadi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov iqtidorli o‘quvchi bilan uchrashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter