«Ko‘ch-ko‘chlar»ning paytimi hozir?

Andijondagi 4-umumta’lim maktabi shaharning «Shifokor» mahallasi hududida joylashgan. Ikki smenada ta’lim oladigan o‘quvchilarning ota-onalari ayni kunda xavotirda. Sababi, mazkur o‘quv dargohi rekonstruksiya qilinishi bois jami 3000 nafardan ziyod o‘quvchi yaqin hududdagi uchta maktabga taqsimlanishi aytilmoqda.
Tabiiyki, bundan ota-onalar tashvishda. «Yangi» maktabga borish uchun o‘quvchilar anchagina yo‘l bosishi, hatto transportga minishiga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga mashinalar serqatnov katta yo‘lni kesib o‘tishlari kerak. To‘g‘ri, o‘quv dargohi ta’mirga muhtoj. Biroq o‘quv yili yakuniga atigi bir oy muddat qolganida bolalarni, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sarson qilish maqsadga muvofiqmi?
Taassufki, bunga aniq javob yo‘q. Faqat «tezda ko‘chish» haqida buyruq kelgani aytilmoqda, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter