O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasini tashkil etish belgilab olingan.
Yoshlar akademiyasini tashkil etishdan quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
– Yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:
– Iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosida ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta’minlash;
– Yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarish sohasi va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.
– Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish uchun yagona platforma yaratish.
Qarorda keltirilishicha, yoshlar akademiyasining raisligi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosarlaridan biriga yuklatish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter