Prezident ta’lim va tibbiyotga oid qaror qabul qildi

«Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–188-son, 01.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitet tarkibida quyidagilar faoliyat yuritadi:
- Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
- Universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi;
- Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi;
- Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;
- Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi.
Universitet bitiruvchi bosqich talabalari uchun poliklinikalar va klinik bazalarda 6 oylik malakaviy amaliyot ko‘rinishidagi subordinaturani joriy etish huquqiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter