Qo‘qon universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori (683-son, 17.08.2019 y.) bilan Qo‘qon universiteti tashkil etildi. Bu haqda adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, shuningdek, qabul qilish tartibi va qoidalari universitet tomonidan belgilanadi.
Universitetda ta’lim 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas