Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Maktab formasini joriy etish talabi bekor qilindi

Rasman! Maktab formasini joriy etish talabi bekor qilindi

Vazirlar Mahkmasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.

Avvalroq Xalq talimi vaziri yangi o‘quv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab  qo‘yilmasligi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar bildirilmasligini ma’lum qilgandi.

Bunga qadar esa, Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilishi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring