Ta’lim va ilm-fan vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi.
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u PwC Uzbekistan kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li – Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter