Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati noyabrgacha uzaytirildi

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati noyabrgacha uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi. 

​Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

​Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

​Avvalroq pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz e’lon qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring