Taniqli tilshunosning 3 mingdan ziyod kitobi universitetga berildi
11-aprel kuni atoqli tilshunos olim, professor Otaqo‘zi Azizovning shaxsiy kutubxona fondi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga sovg‘a qilindi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Otaqo‘zi Azizov O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining chet el muxbir a’zosidir.
Olim umrini o‘zbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va o‘zbek tillarining qiyosiy o‘rganish masalalariga bag‘ishlagan, darsliklar, ruscha-o‘zbekcha va boshqa lug‘atlar tuzgan.
Kitoblar 3000 dan ortiq turli tillardagi badiiy, ilmiy, ommabop va qomusiy asarlarni o‘z ichiga oladi.
Universitetda olim nomi bilan ataluvchi rus tili va adabiyoti o‘quv xonasi ham tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter