Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli tilshunosning 3 mingdan ziyod kitobi universitetga berildi

Taniqli tilshunosning 3 mingdan ziyod kitobi universitetga berildi

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

11-aprel kuni atoqli tilshunos olim, professor Otaqo‘zi Azizovning shaxsiy kutubxona fondi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga sovg‘a qilindi. Bu haqda universitet matbuot  xizmati xabar berdi. 

Otaqo‘zi Azizov O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining chet el muxbir a’zosidir.

Olim umrini o‘zbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va o‘zbek tillarining qiyosiy o‘rganish masalalariga bag‘ishlagan, darsliklar, ruscha-o‘zbekcha va boshqa lug‘atlar tuzgan.

Kitoblar 3000 dan ortiq turli tillardagi badiiy, ilmiy, ommabop va qomusiy asarlarni o‘z ichiga oladi. 

Universitetda olim nomi bilan ataluvchi rus tili va adabiyoti o‘quv xonasi ham tashkil etildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring