Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amazon kitob do‘konidan kitob kushandasiga aylandi

Amazon kitob do‘konidan kitob kushandasiga aylandi

Amazon kompaniyasi sun’iy intellektni o‘qitish uchun son-sanoqsiz qog‘oz kitoblarni yo‘q qilmoqda.

Kompaniya eski va nodir kitoblarni sotib olib, ularni maxsus obyektlarga jo‘natyapti. U yerda kitoblar raqamlashtiriladi, ammo jarayon ancha qo‘pol kechyapti: muqovalar qirqib tashlanadi, sahifalari esa bitta katta taxlamga yig‘ilib, sanoat skaneridan o‘tkaziladi.

Jurnalistlar ushbu jarayonni tekshirish uchun kitoblar to‘plamidan biriga yashirincha AirTag qurilmasini joylashtirishdi. Xarita ularni to‘ppa-to‘g‘ri Amazon obyektiga boshlab bordi va u yerda «kitob qassoblari» qanday ishlayotgani fosh bo‘ldi.

Kompaniya skanerlangan ma’lumotlardan sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va rivojlantirishda foydalanishni rejalashtirgan. Konveyer usulida skanerlash ma’lumot yig‘ish uchun ancha samarali. Ammo bu kitoblarning asl, qog‘oz nusxalari yo‘q qilinishi evaziga yuz berayotgani ayanchli.

G‘alati jihati, bundan qariyb 30 yil avval Jeff Bezos Amazon faoliyatini aynan oddiy qog‘oz kitoblar savdosidan boshlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring