Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi «Informatika» darsligini yaratish uchun hamkorlikka taklif etadi

Xalq ta’limi vazirligi «Informatika» darsligini yaratish uchun hamkorlikka taklif etadi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi «Informatika» fani bo‘yicha yangi darslikni baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhini shakllantirmoqda.

Darslikni yaratish jarayonida informatika fani o‘qituvchilari, IT sohasi mutaxassislari yoxud frilanserlar ishtirok etishlari mumkin. Informatika darsligini boyitishda ishtirok etish istagida bo‘lganlar ushbu havoladagi so‘rovnomani to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.

Qayd etish joizki darslikni tayyorlash uchun tanlangan ekspertlarga haq to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring