Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi O‘zbekiston» universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

«Yangi O‘zbekiston» universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

Illyustrativ foto

«Yangi O‘zbekiston» universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi — universitet faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorida bu ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi joriy etiladi. Bunda:

  • ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 2 500 barobaridan yuqori bo‘lgan hollarda ushbu loyihani moliyalashtirish xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 30 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkiloti xulosasi asosida amalga oshiriladi;
  • ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan mablag‘larning kamida 60 foizi ushbu loyiha doirasida foydalanish uchun tegishli asbob-uskuna xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 5 000 barobaridan yuqori bo‘lgan hollarda ushbu loyiha rahbariga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

  • ilmiy-tadqiqot loyihasi umumiy qiymatining kamida 20 foizini hamkorlikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy grantlarni jalb qilish;
  • ilmiy-tadqiqot loyihasini 3 nafar doktorant va 10 nafar magistrantni jalb qilgan holda amalga oshirish;
  • ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda kamida 10 nafardan iborat tadqiqotchilar guruhini tuzish hamda kamida Xirsh indeksi 20 dan yuqori bo‘lgan 1 nafar chet ellik olimni jalb qilish.

Universitetda Yevropa standartlari asosida Germaniya oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring