Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yog‘ingarchilik sabab Namanganda test sinovlari kech boshlandi

Yog‘ingarchilik sabab Namanganda test sinovlari kech boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 10 avgust kuni 1-smenada Namangan viloyatidan tashqari barcha hududlarda test sinovi 07:00 da boshlangan.

Namangan viloyatida tinimsiz yomg‘ir yog‘ganligi sababli abituriyentlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda usti yopiq, yomg‘irdan himoyanlangan joylarga joylashtirib turilgan.

Yog‘ingarchilik tinishi bilan abituriyentlar o‘z joylariga joylashtirilib, quyidagi vaqtlarda test sinovi boshlandi:

Barkamol avlod sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;

Dinamo stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;

Navbahor-Umid stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.

Barcha hududlardagi test sinovlari boshlangan vaqtdan boshlab to‘liq 3 soat davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring