100 yil ilgari qirilib ketgan xaltali bo‘rini tiriltirishmoqchi. Qanday qilib?
Olimlar qariyb 100 yil ilgari qirilib ketgan xaltali bo‘ri (Tasmaniya bo‘risi, tilatsin, Thylacinus cynocephalus)ni tiriltirishmoqchi.
Buning uchun eng avvalo avstraliyalik genetiklar Colossal Biosciences kompaniyasi bilan hamkorlikda qirilib ketgan xaltali bo‘rining genomini tiklashlariga to‘g‘ri keladi. So‘ngra u semizdum xaltali sichqon (Sminthopsis crassicaudata) genomi bilan qiyoslab o‘rganiladi — aynan ushbu tur Tasmaniya bo‘rilariga eng yaqin qarindosh bo‘lgan, deb yozmoqda CNN.
«So‘ngra biz bu sichqonning tirik hujayralarini olib, xaltali bo‘rinikidan farq qiladigan barcha DNK qismlarini tahrirlab chiqamiz. Oddiy til bilan aytganda, sichqon hujayralarini bo‘ri hujayralariga o‘zgartiramiz», — dedi genetik Endryu Pask.
Tahrirlangan hujayralardan embrion shakllantirilib, sun’iy bachadonga joylashtiriladi yoki surrogat tur organizmiga implantatsiya qilinadi. Birinchi xaltali bo‘rilar 6-10 yildan keyin dunyoga kelishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter