Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi ikkita boshqarma va uchta bo‘lim boshlig‘i lavozimiga nomzod qidirmoqda

AKT vazirligi ikkita boshqarma va uchta bo‘lim boshlig‘i lavozimiga nomzod qidirmoqda

Foto: mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparatdagi bo‘sh o‘rinlari uchun yuqori malakali mutaxassislar o‘rtasida tanlov e’lon qildi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ayni paytda vazirlik markaziy apparatidagi quyidagi rahbarlik lavozimlari bo‘sh:

— Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i;
— Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
— AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i;
— Davlat xizmatlari tizimida AKT ni joriy qilish va ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i;
— Boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish va ularni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i.

Yuqori malakali mutaxassislarga raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy paket va o‘zini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Talabgorlar o‘zlari haqidagi ma’lumot (ob’yektivka)ni va amalga oshirgan loyihalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni 2018-yilning 10-yanvariga qadar Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 4 uyga yoki HR@mitc.uz elektron pochtasiga yuborishlari kerak. Ma’lumot uchun telefonlar: 238 41-16, 238 41-43, 238 43-12.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring