Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Androidlar tarixidagi eng kuchli smartfon aniqlandi

Androidlar tarixidagi eng kuchli smartfon aniqlandi

Foto: Samsung

1-fevral kuni taqdim etilgan Galaxy S23 Ultra flagmani Geekbench 5 bir oqimli testida 1600 dan ko‘p ball to‘plagan tarixdagi ilk android smartfonga aylandi.

Bu shu paytgacha chiqarilgan hech qaysi android-smartfon Samsung kompaniyasining flagmaniga ishlab chiqaruvchanlik borasida tenglasha olmasligini anglatadi.

Golden Reviewer yutub-kanali muallifi buni sinab-solishtirib ko‘rdi. Galaxy S23 Ultra nufuzli benchmarkning bir oqimli testida 1604 ball, ko‘p oqimli testida 5311 ball yig‘di. Eng yaqin ta’qibchisi — Nubia Red Magic 8 Pro tegishli ravishda 1486 va 5211 ball to‘pladi.

Har ikki smartfonda bir xil — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessorlari o‘rnatilgan. Biroq Galaxy S23 Ultra birinchi o‘rinni egalladi, sababi, undagi protsessor yanada takomillashtirilib, chastotasi 3,36 GGs.gacha oshirilgan, deb tushuntirdi yutuber.

1-fevral kuni Samsung San-Fransiskodagi taqdimotda uch model: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini tanishtirgandi. Bu smartfonlar Snapdragon 8 Gen 2 platformasida ishlaydi, operativ xotirasi — 8 GB.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring