Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni ishga taklif etdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlar tanlov asosida qabul qilinishini e’lon qildi:
- Dasturchi — 1 ta bo‘sh lavozimga;
- Ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga;
- Tizim boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘limi;
- zarur ish tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalana bilishi.
Taklif etilayotgan lavozimlar bo‘yicha oylik maoshi 2,4 mln. so‘mdan 6 mln. so‘mgacha (dastlab) va undan yuqori belgilangan. Mutaxassislarga Departament xodimlariga belgilangan moddiy va ijtimoiy himoya choralari qo‘llaniladi.
Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter