Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yettita eng zo‘r mobil ilova «mGovAward» finaliga o‘tdi

Yettita eng zo‘r mobil ilova «mGovAward» finaliga o‘tdi

2020-yil 19-avgust kuni talabalar o‘rtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha «mGovAward» tanlovining «Demo Day»i bo‘lib o‘tdi. Unda 264 ta jamoa orasidan tanlab olingan 18 ta guruh ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 26-sentyabrdan 2020-yil 10-fevral oralig‘ida tanlov rasmiy sayti orqali 264 ta qatnashish uchun arizalar kelib tushdi, ularning 95 tasi o‘z mobil ilovalarini taqdim etishdi.

Tanlov ishtirokchilari 5 yo‘nalish bo‘yicha mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, xususan, ta’lim sohasida (27), sog‘liqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6).

Dasturlash va loyihalar sifatini oshirish maqsadida 2020-yilning 18-19-yanvar kunlarida ikki kunlik intensiv vorkshop o‘tkazildi. Yurtimizning 6 ta hududidan 60 ta guruh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda ko‘p yillik tajribaga ega mentorlar ma’ruzalarini tinglashdi.

BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020-yilning 28-29-fevral kunlari 97 ta guruh o‘rtasida mobil ilovalarni baholash bo‘lib o‘tdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga o‘tdi.

«Demo Day» natijalariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari va o‘zbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ta ilovani baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilganlari final bosqichiga o‘tgani ma’lum qilindi.

Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish ko‘rinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga ko‘ra, 3 nafar g‘olib aniqlanadi. G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — $50,000
  • 2-o‘rin — $30,000
  • 3-o‘rin — $20,000

Ochiq ovoz berish tafsilotlari tez kunda e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring