Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqt tugashiga juda oz qoldi!

Vaqt tugashiga juda oz qoldi!

Foto: «Xabar.uz»

Sovrin jamg‘armasi $100 000 bo‘lgan «mGovAward» tanloviga arizalarni qabul qilish jarayoni tez orada yakunlanadi!

«mGovAward» – bu eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan O‘zbekistondagi birinchi keng miqyosli tanlov bo‘lib, unda faqat OTM talabalari, kollej/litsey hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Barcha istovchilar o‘z qobiliyatlarini quyidagi 5 yo‘nalishda sinab ko‘rishlari mumkin:

  • Ta’lim;
  • Sog‘liqni saqlash;
  • Turizm va madaniyat;
  • Tadbirkorlik;
  • Transport va logistika.

Loyihalarni baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar: bo‘lg‘usi loyihaning samaradorligi, uning innovatsion xususiyatlari va ishlatishdagi qulayligi.

«mGovAward» tanlovi yordamida siz nafaqat o‘z kuchingizni o‘zingizga o‘xshagan katta maqsadli yoshlar o‘rtasida sinab ko‘rishingiz, balki o‘z mahsulotingizni yaratganingiz uchun pullik sovrinni ham qo‘lga kiritishingiz mumkin! Aniqroq aytganda: tanlov g‘olibi 50 000$, ikkinchi o‘rin sohibi 30 000$, uchinchi o‘rin egasi – 20 000$ miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ladi.

Arizangizni ushbu manzilga yuborishga shoshiling. Chunki muddat tugamoqda – arizalarni qilish jarayoni 2020-yil 10-fevral kuni yakunlanadi!

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov IT-park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida hamda Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring