Google kompaniyasi Chrome brauzerini sotishi mumkin
Google kompaniyasi AQSh adliya vazirligining talabi bilan Chrome brauzerini sotishi mumkin. Oyiga 3 mlrd kishi foydalanuvchi brauzer $15–20 milliardga baholanmoqda.
Agarda bu ish amalga oshsa, texnologiyalar sohasiga davlatning eng yirik aralashuviga aylanadi.
Sud qaroriga ko‘ra, Google yetakchilik mavqeini suiiste’mol qilib, qidiruv tizimlari bozorida raqobatni sindirmoqda.
Chrome sotilgan taqdirda, yangi xo‘jayin uchun asosiy chorlov — monopoliyaga qarshi qonunlarni buzmagan holda eng yirik brauzerni qanday boshqarish, chunki xaridor o‘z-o‘zidan hukumatning o‘tkir nigohiga duch keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter