«Google» Xitoyda sun’iy intellektni tadqiq qilish markazini ochdi

«Google» ushbu loyihasini Xitoy hukumati qo‘llab-quvvatlashidan umidvor.
«Google» kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan «Developer Days» anjumani doirasida Pekinda sun’iy intellektni tadqiq qilish markazi ochilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi «Texnomaniya.ru».
«Kommersant» nashrining ma’lum qilishicha, markazda «Google»ning sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar guruhi bir necha yuzlab muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish olib boradi. Ayni vaqtda Xitoyda ularni tanlash bo‘yicha faol ishlar ketyarti. Markazga «Google Sloud»ning bosh ilmiy konsultanti Fey Fey Li (bunga qadar Stenford universitetidagi sun’iy intellekt laboratoriyasini boshqargan), «Google Sloud» tadqiqot va ishlab chiqarish rahbari Szya Li (avval «Snap» kompaniyasida ishlagan) rahbarlik qiladi. Yangi markaz o‘z tadqiqotlarini kompaniyaning Nyu-York, London va Syurixda joylashgan shu turdagi markazlari bilan muvofiqlashtiradi.
«Ishonchim komil-ki, sun’iy intellekt va uni imkoniyatlari chegara bilmaydi. Yangilik qayerda amalga oshirilishidan qat’i nazar — xoh u Kremniy vodiysida, xoh Pekinda yoki boshqa joyda bo‘lsin, u dunyodagi har bir odamning hayotini yaxshilashga xizmat qiladi», — dedi professor Li.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati joriy yilning yozida 2025-yilga qadar to‘laqonli sun’iy intellekt sanoatini yaratish niyatida ekanligini, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga har yili 60 milliard dollar olib kelishini ma’lum qilgandi. 2030-yilga borib Xitoy ushbu soha bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanishi kutilmoqda. Shu sababli «Google» ushbu loyihasini Xitoy hukumati qo‘llab-quvvatlashidan umidvor.
O‘z navbatida, kompaniyaga «Baidu», «Tensent» va «Alibaba» kabi yirik texnologik kompaniyalar qattiq raqobat ko‘rsatishi, tabiiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter