Insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotga bir qadam — Eynshteyn nazariyasi xatomi?
Shveysariya olimlari insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotga bir qadam turishibdi — bu uddalansa Eynshteyn nazariyasi yo‘qqa chiqadi.
Sodda qilib aytganda:
- Dark Energy Survey loyihasi uzoq yillardan buyon Koinot kengayishi va gravitatsion o‘ralarni faol o‘rganib kelmoqda.
- Gravitatsion o‘ra — atrofidagi barcha narsalarni yutib yuboruvchi ulkan jism yoki qora tuynuq, u «Interstellar» filmida yaxshi ko‘rsatib berilgan.
Olimlar hayratda
- Dark Energy Survey o‘nlab mamlakatlarda to‘plangan ma’lumotlarni bir joyga yig‘ib, bir paytning o‘zida Koinotning 4 ta to‘rtta tarixiy nuqtasida 100 millionlab galaktikani tahlil qildi.
- Olimlar avvaliga 7 milliard yil avvalgi tarixga razm solishdi, bu yerda Eynshteynning nisbiylik nazariyasi to‘liq isbotlandi.
- Biroq 3,5 milliard yil avvalgi tarixga nazar tashlagan olimlar hayratga tushishdi — gravitatsion o‘ralar o‘lchamlari Eynshteyn hisob-kitoblariga umuman mos kelmadi.
Bu nimani anglatadi?
- Eynshteynning nisbiylik nazariyasi — xato.
- Hozirda Eynshteyn bilan farq 60 foiz — olimlar uni 100 foizgacha yetkazishni rejalashtirgan.
Bizni nima kutmoqda?
- Olimlarning fikricha, gravitatsiya nisbiylik nazariyasidan ham keng masshtabdagi qonunlarga bo‘ysunadi — tadqiqotlar muvaffaqiyatli kechsa fizikaning yangi qonunlari ochilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter