Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-Park: Zoir Mirzayev dasturchi yoshlarning loyihalari bilan tanishdi

IT-Park: Zoir Mirzayev dasturchi yoshlarning loyihalari bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev va Investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Oybek Shagazatov Qarshi shahrida tashkil etilayotgan IT-Parkga o‘z loyihalarini taqdim etish istagida bo‘lgan dasturchi yoshlar bilan uchrashishdi.

Qatnashchilar dasturlash, robototexnika, veb-dizaynerlik, qishloq xo‘jaligi, xususan, baliqchilikni raqamlashtirish, animatsion filmlar yaratish kabi innovatsion yo‘nalishlarda o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar. Yoshlarga loyihalarini amalga oshirish, ularni tuman va viloyat miqyosida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘mak va tavsiyalar berishga kelishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring