Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kvant kompyuter xotirasi yaratildi. Bu nima beradi?

Kvant kompyuter xotirasi yaratildi. Bu nima beradi?

Foto: «RT»

Britaniyaning Lankaster universiteti olimlari o‘ta kam energiya sarflovchi kvant kompyuter xotirasini yaratishdi. Bu haqda «REGNUM» universitet saytiga asoslanib xabar berdi.

Olimlar ixtironi patentlashga ham ulgurishdi. Bu texnologiya zamonaviy kompyuterlarni butkul o‘zgartirib yuborishi, hozir ishlatilayotgan  dinamik xotirali DRAM qurilmalari va fleshkalar o‘tmishga aylanishi aytilmoqda. Bu ixtiro axborotni yozish va o‘qish tezligini oshirib yuborarkan. Qolaversa, foydalanuvchining ma’lumotlari unda ishonchliroq saqlanadi, deyilmoqda.

Yangi qurilmaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda axborotlarni saqlash davomiyligi hatto Koinotning yoshidan ham katta bo‘lishi ma’lum qilingan.

Solishtirish uchun: yangi texnologiya ma’lumotlarni saqlash markazlarida energiya sarfini 20 foizgacha kamaytiradi, kompyuterga ma’lumotlarni saqlash yoki o‘chirishga esa hozirgi DRAM qurilmalarnikidan 100 barobar kam energiya ketadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring