Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Made in Uzbekistan»: AKT vazirligida eng yaxshi innovatsion stend

«Made in Uzbekistan»: AKT vazirligida eng yaxshi innovatsion stend

Joriy yilning 23-25-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKM AJ ko‘rgazmalar majmuasida xalqaro «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazmada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ekspozitsiyalari “Eng yaxshi innovatsion stend” diplomi bilan taqdirlandi

Ko‘rgazmada AKT vazirligi 3-pavilonda katta hajmdagi stendi bilan ishtirok etdi. Unda “O‘zbektelekom” AK, “UNICON.UZ” DUK, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MChJlarning ekspozitsiyalari namoyish etildi.

Ko‘rgazmada “O‘zbektelekom” AK o‘zining ishlab chiqarish korxonalari bo‘lgan - «Telecom Devices Pro» MChJ va «Telecom Innovations» MChJ QK mahsulotlarini taqdim etdi.

Ma’lumot uchun: «Telecom Devices Pro» MChJ 2012-yilda “Navoiy” erkin iqtisodiy hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishdan iborat. «Telecom Devices Pro» MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy hududida joylashgan «Telecom Innovations» QK ADSL modemlar, DSLAM uskunalar, optik konsentratorlar, raqamli televideniye «set-top-box» priyomniklari va abonentlar hamda “O‘zbektelekom” AK ATSlari uchun boshqa operator va abonent uskunalarini ishlab chiqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring