Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyining eng yaxshi android-smartfonlari (top-3)

Mart oyining eng yaxshi android-smartfonlari (top-3)

Foto: TET / GSMArena / 3DNews

AnTuTu benchmarki jamoasi, mart oyi yakunlari bo‘yicha, foydalanuvchilar tomonidan eng yaxshi baholangan android-smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Samsung Galaxy S23 Ultra flagmani yana bir bor birinchi o‘rinni egalladi: foydalanuvchilarning 95,4 foizi uni ijobiy baholashdi.

Ikkinchi o‘rinda — iQOO 12 Pro (95,35 foiz).

Uchinchi o‘ringa kutilmagan da’vogar ko‘tarildi: shu yil yanvarida taqdim etilgan Honor X50 GT kutilganidan ham ko‘proq ishonch qozonmoqda. Texnik tomonlama «kamtar» bu smartfonni foydalanuvchilarning qo‘llab-quvvatlashigina top-3 ga olib kirdi.

Fevralda shu reytingda uchinchi o‘rinni band qilgan Xiaomi 14 Ultra endi kuchli o‘nlikda ham yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas