Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida koreyaliklar bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida koreyaliklar bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

AKT vazirligida «GEOTWO CO LTD» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 9-fevral kuni «GEOTWO CO LTD» (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘z yechimlarimiz asosida milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar geoinformatsion tizimlarni rivojlantirish, chet mahsulotlarga qaramlikni keskin kamaytirish, kelgusida xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yaratish uchun milliy axborot tizimlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqish borasida hamkorlikka kelishib olishdi.

«GEOTWO CO LTD» 2000-yili tashkil etilgan mustaqil geoinformatsion kompaniya bo‘lib, Janubiy Koreya yer-qurilish va axborot makoni bozorida yetakchi sanaladi. «GEOTWO» kompaniyasi yechimlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular AQShning «ESRI» kompaniyasiga tegishli mashhur «ArcGIS» dasturiy mahsulotiga turdosh sanaladi va Koreya Respublikasi hamda boshqa qator mamlakatlar davlat organlarida joriy etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring