Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘z kasbini o‘zgartiradi» — Ishini «ayti»ga o‘zgartirishni xohlovchilar miqdori ma’lum qilindi

«O‘z kasbini o‘zgartiradi» — Ishini «ayti»ga o‘zgartirishni xohlovchilar miqdori ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yilda ish bilan band bo‘lgan o‘zbekistonliklarning deyarli 26 foizi axborot texnologiyalari sohasida ishlash uchun qayta o‘qishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda «Xabar.uz»ga HeadHunter tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga qarab ma’lum qilindi. So‘rovda 652 nafar fuqaro ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, 25–35 yoshdagi yosh mutaxassislar axborot texnologiyalari sohasida bemalol ishlay olishlariga ishonishadi, lekin qayta o‘qishga jur’at etmaydilar.

Respondentlarning 10 foizi allaqachon o‘zlarini IT sohasida sinab ko‘rishgan va qayta tayyorlash kurslarida qatnashishgan. 48 foizi yaqin kelajakda bunga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. Qolgan 42 foizi esa bunga shoshilmayapti. Bunga sabab: ularning aksariyati «IT-mutaxassis ishini bajara olmayman yoki qayta o‘qish uchun juda ko‘p vaqt talab etiladi», deb hisoblashadi.

Respondentlarning IT sohasiga kirishni xohlashlarining asosiy sabablari:

  1. Yuqori ish haqi.
  2. Ushbu mutaxassislarga yuqori talab.
  3. Moslashuvchan jadval asosida masofadan turib ishlash imkoniyati.
  4. Xalqaro kompaniyalarga ishga joylashish imkoniyati.
  5. Ko‘chib ketish imkoniyati.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring