O‘zbekistonda mobil telefon va kompyuter narxlari qimmatlashdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning aprel oyida mobil telefon uskunalari narxlari mart oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashgan.
Mobil telefon uskunalari narxlari 2023-yil boshidan buyon o‘rtacha 1 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
2023-yilning aprel oyida o‘tgan oyga nisbatan:
Axborot-kommunikatsiya uskunalari narxlari - o‘rtacha 0,2 foizga oshgan.
Kompyuter va planshetlar narxlari - o‘rtacha 0,1 foizga oshgan.
Noutbuk narxlari - o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter