O‘zbekistonda yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratiladi
O‘zbekistonda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasi yaratiladi. 8-yanvar kuni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda «O‘zavtotrans» agentligi bu borada hamkorlikka kelishib oldi.
Loyihada yuklarni eksport-import qilishda transportda tashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish, shuningdek ularni tezkor va o‘rta muddatli rejalashtirish, eksport-import yuklarni tashishda transportda tashish va omborga joylashtirishni qulaylashtirish, transport xarajatlarini qisqartirish, kelishtirish hisobiga yetkazib berish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish, logistika jarayonini barcha ishtirokchilarning aniq hisob-kitoblar va oqilona harakatlar yagona elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.
Elektron platformani yaratish bo‘yicha harakatlarni birlashtirish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov hamda «O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i Davron Dehqonov hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti «O‘zavtotrans» agentligi xodimlari bilan birgalikda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalarni jalb qilgan holda platformadan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, qisqa muddatli o‘qish, malakaviy seminarlar, treninglar, master-klasslarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter