Payme ilovasida my.gov.uz xizmatlari joriy qilindi
Payme ilovasi foydalanuvchilari ham endi ba’zi davlat xizmatlaridan foydalanishlari va ma’lumotnomalarni ushbu ilova orqali olishlariga imkoniyat yaratildi. Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq my.gov.uz xizmatlari Mobiuz mobil ilovasida ham joriy qilingandi.
Aholiga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida Mobiuz mobil ilovasida Yagona portal (my.gov.uz)ning:
- «Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumot»
- «O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qo‘yilganligi holatini tekshirish»
- «Doimiy yashash joyi bo‘yicha ma’lumot» kabi 6 turdagi ommabop xizmatlari yo‘lga qo‘yilgandi.
Turli ommabop ilovalarda elektron hukumat xizmatlari sonini yanada oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter