Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonlik Faxriddin Pirlepesov qanday qilib AQShga borib qolgan?

Qoraqalpog‘istonlik Faxriddin Pirlepesov qanday qilib AQShga borib qolgan?

Pirlepesov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan.

Foto: «kruz.uz»

AQShda ishlayotgan, asli Xo‘jayli tumanidan bo‘lgan hamyurtimiz Faxriddin Pirlepesov Qoraqalpoq davlat universitetiga taklif qilinganligi haqida avval xabar berib o‘tgan edik,-  deb yozadi kruz.uz.

Faxriddin Pirlepesov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 1989-1994-yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakultetining «Fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi» ta’lim yo‘nalishida, 1996-1998-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro institutida aspiranturada o‘qigan.

Faxriddin 2005 yili o‘zining ko‘p yillik ilmiy ishlari natijasida «PHD» ilmiy darajasiga erishdi.

O‘z ustida tinimsiz ishlab, ingliz tilini mukammal darajada o‘zlashtiradi va 1998-yili AQShdagi Texas universitetining Fizika fakultetiga ishga chaqirildi.

U 2005-yili o‘zining ko‘p yillik ilmiy ishlari natijasida «PHD» ilmiy darajasiga erishdi. Shundan keyin u Texas universiteti nevrologiya fakultetining «TRAVEL» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Tibbiyotdagi fiziklarning Amerika assotsiatsiyasi, «Sigma Xi», ilmiy kuzatish Amerika fiziklari uyushmasi, Amerika statistika assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi, deya xabar beradi karsu.uz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring