Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab raqamli teledasturlarda vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab raqamli teledasturlarda vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 12-16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to‘xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Mahalliy, nodavlat va «Uzdigital TV» MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida «Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring