Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi smartfon: bu qurilma g‘olib bo‘lishini ko‘plar kutmagandi

Eng yaxshi smartfon: bu qurilma g‘olib bo‘lishini ko‘plar kutmagandi

Foto: «Gazeta.ru»

Qurilmalar ustida sinovlar o‘tkazuvchi «AnTuTu» servisi foydalanuvchilarni eng qanoatlantiruvchi smartfonlar reytingini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Prostotech.com».

Smartfonning tez ishlashi — yagona sifat ko‘rsatkichi emas. To‘g‘ri, smartfon tez, ishlab chiqaruvchanligi juda yuqori bo‘lishi, eng og‘ir dasturlarni ham oson ochishi mumkindir, biroq foydalanuvchi interfeysidagi nuqsonlar, kameralarining doim ham yaxshi ishlamasligi, akkumulyatori quvvatining tez tugab qolishi kabi holatlar foydalanuvchining hafsalasini pir qilishi hech gapmas.

«AnTuTu» hisobotiga ko‘ra, «Sony Xperia XZ Premium» 2018 yilning may oyida dunyodagi barcha android smartfonlar orasida eng yuqori reyting bahosini oldi.

Holbuki,  «Sony Xperia XZ Premium» eng ko‘p sotiluvchi smartfonlar sirasiga kirmaydi ham, ammo foydalanuvchilarning 96 foizini ushbu qurilma to‘laqonli qanoatlantira olgan.

Bu smartfonning eng muhim xos jihatlaridan biri «Motion Eye» texnologiyasi bo‘lib, o‘ta sekinlashtirilgan video olish imkonini beradi. Yana bir ustun jihati, unga og‘ir ilovalarni oson ocha oladigan «Qualcomm Snapdragon 835» kuchli protsessori o‘rnatilgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni 94 foizlik ko‘rsatkich bilan «Meizu Pro 6 Plus» band etdi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda — «Xiaomi Mi Mix 2» va «OnePlus 6». Keyin esa «Samsung Galaxy S8+», «Xiaomi Mi Max 2», «Huawei Mate 9», «Meizu X» hamda «Huawei Mate 9 Pro» joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring