Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram boshqa dasturlardan yozishmalarni ko‘chirish imkoniyatini taqdim etdi

Telegram boshqa dasturlardan yozishmalarni ko‘chirish imkoniyatini taqdim etdi

Telegram messenjeri endilikda foydalanuvchiga boshqa dasturlardagi yozishmalarini, xususan Whatsappdan ko‘chirish funksiyasini taqdim etadi. Ushbu yangilanish hozircha iOS foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan.

«Endi siz yozishmalaringizni boshqa ilovalardan - masalan, Whatsap, Line yoki Kakao-Talk dan Telegramga o‘tkazishingiz mumkin», deyiladi AppStoreda joylashtirilgan yangilanish tavsifida.

Bundan tashqari, ushbu yangilanish bilan foydalanuvchilar barcha qatnashchilar uchun yaratilgan guruhlarni izsiz, chat ro‘yxatidan maxfiy suhbatlar va qo‘ng‘iroqlar tarixini o‘chirib tashlashlar imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring