UZINFOCOM va BePro kelishuv imzoladi
Yagona integrator UZINFOCOM va BePro dasturchilar markazi «O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar ittifoqi»ni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladilar.
Ittifoqning vazifalari:
- Hamkorlikdagi hukumat loyihalarida samaradorlikka erishish uchun resurslarni birlashtirish;
- O‘quv xonalaridan hamkorlikda foydalanish;
- Dasturiy va apparat ta’minoti loyiha sinovlari natijasi bilan o‘zaro tajriba almashish;
- Hukumat loyihalarida muhandislik resurslari va texnologik ekspertizalaridan hamkorlikda foydalanishdan iborat.
«Bugungi kunda axborot tizimi – ko‘plab yo‘nalishlarda dasturchilardan juda yuqori malakalarni talab qiluvchi apparat-dasturiy kompleks hisoblanadi. Masalan, «103 axborot tizimi» kabi umumiy loyiha esa tashkilotlarimizdagi ekspertiza yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatdi. Kecha-kunduz davomida dasturiy va apparat ta’minoti, aloqa vositalari, mobil ilovalar, kompyuter tarmoqlari, axborot xavfsizligi integratsiyasi ishlashini ta’minlash vazifasi mas’uliyatli hisoblanib, yuqori ahamiyatga ega. Dasturchilar va muhandislar jamoasining uyg‘unligi natijaning muddati va sifatiga bog‘liq. Biz shu yo‘nalishda harakat qilib, yana bir nechta yirik loyihalar bilan ishlamoqchimiz», – ta’kidladi UZINFOCOM bosh direktori Emil Gimranov.
«Mazkur hujjat alohida tashkilot yaratishni nazarda tutmaydi. Biz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishda resurslarni birlashtiramiz. Bunday keng ko‘lamli vazifalarni hal qilish axborot texnologiyalari sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarning ulkan ilmiy-amaliy salohiyati, moddiy-texnik resurslarini birlashtirishni taqozo qiladi. Har qanday yirik loyiha sinov tariqasida ishga tushirilib, ishlar natijasini baholash uchun alohida resurslar va guruhni talab qiladi. Vaholanki, yanada yuqori natijalarga va umumiy manfaatlarga erishish maqsadida ushbu loyihani hamkorlar bilan «rivojlantirish» mumkin. Bundan tashqari, yelkama-yelka ishlash, muqobil fikrlash esa belgilangan maqsadlarga erishishga yanada undaydi», – deydi BePro bosh direktori Abduvoitjon G‘ofurov.
Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning imzolanishi hamkorlarning o‘zlari va qo‘shma IT-yechimlari va xizmatlarini birgalikda targ‘ib qilish hamda yangi yirik IT-loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter