Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi rahbari qaysi smartfonlardan foydalanadi?

Xiaomi rahbari qaysi smartfonlardan foydalanadi?

Foto: «iGuides»

Xiaomi rahbari Ley Szyun Weibo (Xitoy ijtimoiy tarmog‘i)da o‘zi foydalanayotgan smartfonlarning suratlarini joyladi — to‘rtta smartfon.

Szyun o‘z postida shunday yozdi: «Ehtimol payqagandirsiz, Weibo da post joylashda har xil smartfonlarni ishlataman. Ba’zilar telefonlarimni tez-tez almashtirishimdan shubhada. Aslida ular yonimda, stolimda turibdi, shunchaki qaysi biri qo‘limga ilashsa, shunisini ishlataman».

Foto: «iXBT»

Szyunning stolidagi smartfonlar — Xiaomi 12, Xiaomi Mi 11 Ultra, Redmi Note 11T Pro va Xiaomi Civi. Ya’ni hammasi kompaniyaning o‘zi ishlab chiqqan smartfonlar.

Darvoqe, 2020-yilda Xiaomi rahbari iPhone ishlatayotib «qo‘lga tushgandi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring